Muborak Qurbon Hayiti munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi
Ayni tabarruk, muqaddas kunlarda mehnat faxriylarini yodga olish, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olishdek ezgu ish bo'lmasa kerak.
Quvasoy shahar hokimligi tomonidan ko‘p yillar mobaynida xalq xizmati yo‘lida mehnat qilgan, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy ustozlar hamda ehtiyojmand oilalarga Qurbon hayiti munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.