Bursa shahrida gulchilikdagi yangi tajribalar o‘rganilmoqda
Quvasoy shahar delegatsiyasi Turkiyaning Bursa shahrida bo‘lib, gulchilik sohasida yetakchi bo‘lgan tadbirkor Yusuf O‘zjan korxonasida bo‘ldi. Tashrif davomida delegatsiya a’zolari korxonadagi zamonaviy issiqxonalar faoliyati, gullarni parvarishlash va ko‘paytirish texnologiyalari bilan yaqindan tanishdilar.
Turkiyaning ushbu korxonasi turli xil manzarali gullar, butalar va dekorativ o‘simliklarni yetishtirishda katta tajribaga ega bo‘lib, faoliyatini ekologik toza usullar asosida olib boradi. Quvasoylik mutaxassislar issiqxonalarni isitish tizimlari, yoritish va sug‘orish texnologiyalari, shuningdek, gullarni parvarishlash va ko‘paytirish jarayonlarini amaliy o‘rganishdi.
Tashrif davomida tomonlar ikki shahar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish hamda gulchilik yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilishini bildirdilar.