Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
13102025-10-29 18:27

Quvasoyda ibratli xotin-qizlar “Yil ayoli” tanlovida ishtirok etdilar

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602327330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602328525.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602329720.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602330915.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602330915.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602332110.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602333305.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284602334500.jpg
Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markazida jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib etish hamda jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov nizomiga muvofiq, joriy yilgi jarayonlarda 35 yoshdan yuqori hamda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yil davomida uzluksiz mehnat qilib kelayotgan ayollar, shuningdek, turmushda namunali bo‘lgan uy bekalari ishtirok etdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning faoliyati, erishgan yutuqlari va jamiyatdagi o‘rni inobatga olinib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan hamda o‘z sohasida e’tirofga sazovor bo‘lgan ayollar saralandi. Eng munosib nomzodlar viloyat bosqichiga tavsiya etildi. Tadbir yakunida tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilarga Quvasoy shahar hokimligi tomonidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz