Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
13142025-10-29 18:28

“Ziynat” mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712802690.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712803885.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712807470.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712808665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712809860.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712811055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712811055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105284712812250.jpg
#hududlarda “Ziynat” mahalla fuqarolar yigʻinida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov rahbarligida “Ziynat” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv aholining murojaatlarini bevosita joyida tinglash, mavjud muammolarni tahlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha samarali muloqot maydoniga aylandi. Sayyor qabulda sohaga aloqador korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdilar. Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqarolar tomonidan ish bilan ta’minlash, moddiy yordam, kommunal soha va sog‘likni tiklash kabi masalalar ro‘yxatga olindi. Murojaatlarning ko‘pi joyning o‘zida yechim topgan bo‘lsa, muayyan muddat va hujjat talab qiladigan ayrim murojaatlar ijroga yo‘naltirilib, nazoratga olindi. Qabul yakunida, korxona va tashkilot vakillari bilan suhbatlashildi. Aholini ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz