Quvasoy shahri va Germaniyaning Shtaynbax-Xallenberg shahri o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Germaniya Federativ Respublikasi Tyuringiyaning Shtaynbax-Xallenberg shahri meri Markus Byottcher boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Unda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Quvasoy shahri hamda Shtaynbax-Xallenberg shaharlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy, madaniy, turizm va ko‘plab sohalarda keng ko‘lamli aloqalarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
Mazkur kelishuv har ikki shahar o‘rtasidagi aloqalarni o‘zaro hurmat, tenglik, do‘stlik va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslanib rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Hamkorlikning asosiy maqsadi — ikki xalq o‘rtasida o‘zaro tushunish, ishonch va yaxshi niyat ruhini mustahkamlash, shuningdek, madaniy, iqtisodiy va ijtimoiy almashinuvlarni kengaytirishdan iborat.
Germaniyadan tashrif buyurgan delegatsiya vakillari “Kvarts” AJ da bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan ham yaqindan tanishdilar.