Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
142025-05-15 19:18

Quvasoy shahar hokimi xitoylik investorlar bilan uchrashdi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835888400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835889595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835891985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835894375.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835895570.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835896765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835897960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088045835900350.jpg
Quvasoy shahar hokimi xitoylik investorlar bilan uchrashdi Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov xitoylik investor Yuan Yanpin boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Uchrashuvda Quvasoy shahridagi sanoat zonasida traktorlar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. Ikki bosqichli loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda traktorlar ishlab chiqaruvchi zavod quriladi va keyingi bosqichda butlovchi qismlar tayyorlash va texnik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash maqsadida Smart texnologiyalardan foydalaniladi. Traktorlar mahalliy va xorijiy xaridorlarga yetkazib beriladi. Dastlabki bosqichda 250 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Uchrashuvda shahar hokimi loyihani belgilangan talablar asosida tezroq ishga tushirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz