Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
102025-05-15 11:50

“Ibratli oila” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga tantanali topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732815680.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732816875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732819265.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732820460.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732824045.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732825240.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732826435.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088013732827630.jpg
Quvasoy shahrida bir guruh namunali oila vakillariga “Ibratli oila” ko‘krak nishonini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda shahrimiz jamoatchiligi hamda taqdirlanganlar ishtirok etdi. Farzandlarini halol, vatanparvar va o‘qimishli insonlar etib voyaga yetkazayotgan, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan, hayotiy tajribalari ommalashtirishga munosib bo‘lgan oilalar har yili 15-may – Xalqaro oila kuni arafasida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi an’anaga aylandi. Mazkur ko‘krak nishoni milliy va umumbashariy qadriyatlarni targ‘ib etishda, farzandlarimizni munosib insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, joriy yilda davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 7-mart kuni ezgu milliy qadriyatlarimizni rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan oilalar safini kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar asosida ko‘krak nishoni bilan taqdirlash tizimi yanada takomillashtirildi va bu yil ko‘krak nishoniga saralash jarayonlari yangi yondashuvlar asosida tashkil etildi. E’tiborlisi, shahrimizdagi 10 ta ibratli oilalar mazkur ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi. Ayni kunlarda mamlakatimiz tarixida ikkinchi bor 15-may – Xalqaro oila kuni bayrami arafasidagi tantanali taqdirlash marosimlarida ushbu ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirilmoqda. Bugungi tadbirda shahar hokimining o‘rinbosarlari Alisher Mamajonov, Nigoraxon Ubaydullayeva va boshqalar mamlakatimizda oilani mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va avlodlar o‘rtasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar haqida so‘z yuritdi. “Ibratli oila” ko‘krak nishoni egalariga tantanali topshirilib, ezgu tilaklar bildirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz