9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan front orti mehnat faxriylari holidan xabar olindi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan front orti mehnat faxriylari holidan xabar olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-fevraldagi PF-32-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-apreldagi 231-sonli qaroriga muvofiq, urush qatnashchilari, nogironlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar va front ortida fidokorona mehnat qilgan fuqarolarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida bir martalik pul mukofoti belgilangan.
Shu munosabat bilan, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Ikromjon Mo‘minov va nuroniylar kengashi tomonidan Cho‘lpon mahallasida istiqomat qiluvchi, front orti mehnat faxriysi, 100 yoshni qarshilagan To‘tixon ona Ahmedova xonadoniga tashrif buyurildi.
To‘tixon onani bayram bilan muborakbod etib, “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali, pul mukofoti hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan qaratilgan yuksak e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, yurtimiz tinchligi abadiy bo‘lishligi uchun duolar qilindi.
🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati