Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
82025-05-08 18:20

Quvasoy shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida o‘tkazildi.

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960699980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960703565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960709540.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960711930.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960714320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960716710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960719100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087318960720295.jpg
Quvasoy shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida o‘tkazildi. Bayram munosabati bilan Quvasoy shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida halok bo‘lganlar xotirasiga ehtirom namunasi ko‘rsatildi. Tadbirni shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ochib berib, bugungi shonli bayram – 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan mo‘tabar faxriylarimizni, ko‘p millatli shahrimiz aholisini samimiy tabrikladi. Ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib qolgan yurtimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, yurtimiz tinchligini ta’minlash har birimiz uchun muqaddas burch hisoblanadi. Shuning uchun ham u ona Vatanga sadoqat, mardlik va jasorat kabi insoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bayram sifatida qalblarimizda chuqur o‘rin egallaydi. Ayni kunlarda shahrimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida joylarda keng ko‘lamli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz