Shahar hokimining yoshlar bilan ishlash kuni
Joriy yilning 14-fevral kuni davlatimiz rahbari ishtirokidagi yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbuslarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida 2025-yil 26-mart kuni PF-61-sonli Prezident farmoni qabul qilinib, tashkilotlar va rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi.
✅Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov tomonidan alohida ishlash talab etiladigan ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
🔵Bandligi ta’minlanmagan yoshlar ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda ayrim yoshlarning kasb-hunarga o‘qitilishi ta’minlangan bo‘lsa, qolgan ishsiz yoshlar rasmiy daromad manbayiga ega bo‘lishlari uchun davlat tashkilotlari va xususiy sektorlardagi ish o‘rinlariga joylashtirildi.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati