Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
362025-04-25 19:21

Yoshlar bilan ishlash masalasi har bir rahbarning asosiy vazifasidir

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103466590.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103468980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103471370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103472565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103473760.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103474955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103477345.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085981103478540.jpg
Yoshlar bilan ishlash masalasi har bir rahbarning asosiy vazifasidir Joriy yilning 14-fevral kuni davlatimiz rahbari ishtirokidagi yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbuslarning huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida 2025-yil 26-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-61-sonli farmoni qabul qilinib, tashkilotlar va rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatildi. Mazkur yo‘nalishlar ijrosi va kelgusidagi rejalarni muhokama qilish maqsadida mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Quvasoy shahar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda huquq tartibot idoralari hamda tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda alohida ishlash talab etiladigan og'ir toifadagi yoshlar, shuningdek, ishsiz yoshlarni rahbarlarga biriktirish, ularning bandligini ta'minlashga doir masalalar atroflicha muhokama qilindi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz