Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar saylovga ko‘maklashuvchi komissiya raisi tomonidan o‘rganilmoqda
Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar saylovga ko‘maklashuvchi komissiya raisi tomonidan o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 2025-yil 4-mart kungi “Fuqarolar yig‘inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga ko‘maklashish to‘g‘risida”gi VII-5-20-11-167-K/25-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, shahar hokimi, saylovga ko‘maklashuvchi komissiya raisi Zafarjon To‘raqulov tomonidan Kokilon MFY saylov uchastkasidagi tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, mazkur mahalla hududidagi 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabida obodonlashtirish ishlari, yangi qurib bitkazilgan sport zal va futbol maydonchasini ko‘zdan kechirildi. Yaqin kunlarda mazkur obyektlarning tantanali ochilish tadbirini o‘tkazish lozimligini ta’kidladi.
Shahar hokimi tomonidan hududlardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati