Ommaviy diktant — savodxonlik va til madaniyatiga e’tibor
#ona_tilim_faxrim
21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami” kuni hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markazida umummilliy diktant loyihasi doirasida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda markaz xodimlari faol ishtirok etib, ona tilimizning sofligini asrash, yozma savodxonlikni oshirish va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida fikr almashdilar. Shuningdek, kitob mutolaasining ahamiyati, yoshlar o‘rtasida o‘qish madaniyatini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar ona tiliga muhabbat — millat sha’nining ifodasi ekani, uni asrash esa har bir fuqaroning burchi ekanini ta’kidlab o‘tishdi.