Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
42025-10-27 15:12

Turkiya tajribasi — Quvasoy issiqxonalari uchun yangi imkoniyatlar

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172180400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172182790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172183985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172186375.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172187570.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172188765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172189960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2105064172189960.jpg
Quvasoy shahar delegatsiyasi hozirda Turkiyaning Yalova shahrida bo‘lib, zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda. Tashrifdan maqsad — issiqxona texnologiyalari, ko‘chat parvarishi hamda manzarali daraxtlar yetishtirish borasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishdir. Xususan, delegatsiya a’zolari “Karatepe Fidancilik” korxonasida bo‘lib, manzarali daraxt ko‘chatlari va turli butalar yetishtirish jarayonlarini o‘rgandilar. Mazkur korxona Yalova shahrida o‘z sohasining yetakchilaridan biri hisoblanadi. Uchrashuv davomida korxona rahbari bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi. Natijada, tez orada turkiyalik hamkorlar Quvasoy shahriga tashrif buyurib, mahalliy tuproq tarkibini o‘rganish va manzarali ko‘chatlarni yetishtirish jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur tashrif Quvasoy shahrida issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish, shaharni ko‘kalamzorlashtirish hamda ekologik muhitni yanada yaxshilash yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz