Quvasoy shahar delegatsiyasi Turkiyada issiqxona tajribasini o‘rganmoqda
Quvasoy shahar delegatsiyasi Turkiyaning Yalova shahrida joylashgan agrofirma rahbari O‘g‘uz Göz bilan uchrashib, issiqxona yuritish bo‘yicha tajriba almashdilar.
Uchrashuv davomida delegatsiya a’zolari qisqa muddatlarda daromad keltiruvchi gul navlarini parvarishlash, ko‘chatlarni yetishtirish texnologiyasi hamda eksport jarayonlarini o‘rganishdi.
Mazkur ilg‘or tajribalarni O‘zbekistonda, xususan Quvasoy shahridagi issiqxonalarda tadbiq etish hamda kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.