Quvasoylik yosh sportchi Akbarali Haliljonov – O‘zbekiston kubogining sovrindori bo’ldi!
Quvasoylik yosh sportchi Akbarali Haliljonov – O‘zbekiston kubogining sovrindori bo’ldi!
Quvasoy shahridagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabi negizida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ning 5-sinf o‘quvchisi Akbarali Haliljonov sportning muay tay turi bo‘yicha o‘z iqtidorini namoyon etdi.
U yaqinda Navoiy viloyatida yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan “O‘zbekiston kubogi” musobaqasida faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Akbaralining muvaffaqiyatida uni doimo qo‘llab-quvvatlagan ota-onasi hamda mashaqqatli mehnati bilan yo‘l ko‘rsatib kelayotgan murabbiylarining hissasi beqiyos. Shu bois, ularning fidoyiligiga ham alohida minnatdorchilik bildiramiz.