Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1952025-10-03 16:36

Siyosiy-ma’rifat soati – ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik saboqlari

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193335320.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193337710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193338905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193340100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193341295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193342490.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193343685.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102592193344880.jpg
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan yurtimizda har juma kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotgan “Siyosiy-ma’rifat soati” tadbirlari bugun Quvasoy shahrida ham keng ko‘lamda tashkil etildi. Mazkur tadbir mamlakatimizning barcha vazirlik va idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari, shuningdek, davlat tashkilotlari xodimlari uchun o‘ziga xos ma’naviy-ma’rifiy maktab vazifasini bajarmoqda. Quvasoy shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda o‘tkazilgan navbatdagi siyosiy-ma’rifat soatida shahar hokimligi apparati xodimlari va mahallalardagi yoshlar yetakchilari ham faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-siyosiy islohotlar, yangi qonun hujjatlari va dolzarb yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Quvasoy shahar faoli, mehnat faxriysi Toxirjon O‘rinboyev tomonidan “Millat fidoyilari” nomli kitob-albomi taqdimoti o‘tkazildi. Ushbu kitobda millat tinchligi, yurt osoyishtaligi va mustaqilligi yo‘lida jonini fido qilgan mard o‘g‘lonlarning xotirasi ulug‘langan. Tadbirda qatnashganlar bu asarni Vatanparvarlik va sadoqat timsoli sifatida yuqori baholab, yoshlar uchun muhim manba ekanligini ta’kidladilar. Bundan tashqari, Quvasoy shahar Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan davlat xizmatchilari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularni kutubxonaga a’zo qilish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi. E’tiborlisi, davlat xizmatchilari to‘liq tarkibda Axborot-kutubxona markaziga a’zo bo‘ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz