Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1912025-10-03 16:32

Issiqxonalarni gaz bilan ta’minlash va tadbirkorlarga beriladigan imtiyozlar yuzasidan seminar o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102591917388310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102591917389505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102591917390700.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102591917391895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102591917393090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102591917393090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102591917394285.jpg
Quvasoy shahrida Prezident qarorlariga muvofiq, issiqxona xo‘jaliklarini gaz bilan ta’minlash, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va tadbirkorlarga soliq-imtiyozli sharoit yaratishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur tadbirda Quvasoy shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Kadirov hamda Farg‘ona viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D.Bakubayev ishtirok etdi. Seminar davomida ishtirokchilarga yangi qaror va farmonlarda belgilangan imkoniyatlar — jumladan, issiqxonalarni gazlashtirish, energiyani tejovchi texnologiyalardan foydalanish, kredit va subsidiya mexanizmlari, shuningdek soliq imtiyozlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirkorlarning savollariga javob qaytarilib, ularning taklif va fikr-mulohazalari eshitildi. Ta’kidlanganidek, mazkur islohotlar issiqxona xo‘jaliklarining samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish hamda aholini arzon va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Seminar yakunida mas’ul rahbarlar tomonidan tadbirkorlarga amaliy faoliyatda foydalanish uchun metodik ko‘rsatmalar topshirildi. Shuningdek, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va tizimli ravishda yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz