Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1932025-10-03 16:48

Quvasoy shahar Yoshlar ishlari bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102593045044085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102593045045280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102593045045280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102593045046475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102593045047670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102593045047670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2102593045048865.jpg
#tayinlov Quvasoy shahar Yoshlar ishlari bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi Bugun Quvasoy shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhim tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda Farg‘ona viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi mas’ul xodimi Q. Egamberdiyev, shahar hokimi o‘rinbosari A. Mamajonov, sohaga aloqador mas’ullar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar. Shahar hokimining tegishli qaroriga asosan, Mo‘ysinjonov Javohir Shuxratjon o‘g‘li Quvasoy shahar Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Yangi rahbar jamoatchilikka tanishtirildi va unga mas’uliyatli faoliyatida yuksak ishonch bildirilgani ta’kidlandi. Shundan so‘ng, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-sentyabrdagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-163-son Farmonining Quvasoy shahrida ijrosi atroflicha muhokama qilindi. Tadbirda amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusida bu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Ishtirokchilar yoshlar bilan ishlashda mahallalarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijtimoiy-siyosiy faolligini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz