“Lashkar” mahallasida yangi mahalla binosi qurilishi rejalashtirilmoqda
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov "Lashkar" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla binosi uchun ajratilgan yer maydoni bilan tanishdi.
Hokim mahalla binosi markazda, barcha fuqarolar uchun birdek qulay joylashuvda bo‘lishi muhimligini ta’kidladi. O‘rganish jarayonida mahalla aholisi bilan suhbatlashib, bino qurilishi bo‘yicha ularning fikr va takliflarini tingladi.
Uchrashuv yakunida mas’ullarga qisqa muddatda loyiha ishlab chiqish va qurilish ishlarini boshlash vazifasi topshirildi.