“Bo‘ston” mahallasida 300 o‘rinli zamonaviy bolalar bog‘chasi qurilmoqda
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, qurilish ishlari olib borilayotgan yangi bog‘cha binosining holatini o‘rgandi.
Investitsiya dasturi asosida barpo etilayotgan ushbu bog‘cha 300 nafar bolani qamrab olishga mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy sharoitlarga ega tarzda qurilishi belgilangan.
O‘rganish davomida shahar hokimi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi va quruvchi tadbirkorlarga ishlarni sifatli hamda belgilangan muddatda yakunlash bo‘yicha talab va tavsiyalar berdi.
Mazkur bog‘chaning foydalanishga topshirilishi “Bo‘ston” mahallasi va atrof hududlardagi bolajonlarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.