Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
842025-09-09 17:36

Quvasoyda “Ona uyi” resurs markazi ochildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542315985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542319570.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542320765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542320765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542321960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542323155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542324350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118542325545.jpg
➡️Quvasoy shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar, homiladorlik davrida qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lganlar va yolg‘iz onalarga ko‘mak berish maqsadida “Ona uyi” resurs markazi o‘z faoliyatini boshladi. ✅Mazkur loyiha Toshkent, Buxoro, Andijon, Samarqand, Chirchiq va Quvasoy shaharlarida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yildi. Kelgusida esa bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilgan. 👇“Ona uyi” markazida onalarga: ➡️psixologik va tibbiy yordam; ➡️ta’lim olish hamda kasbiy tayyorgarlikdan o‘tish; ➡️ishga joylashish bo‘yicha maslahatlar va amaliy yordamlar taqdim etiladi. 🟢Markazning asosiy vazifasi — qiyin vaziyatda qolgan onalarning farzandlarini o‘zlari tarbiyalashlariga sharoit yaratish, ularni moddiy, ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun uy-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak kabi zarur vositalar ham ajratiladi. Kelgusida “Ona uyi”larda tikuvchilik ustaxonalari va turli kasb-hunarga o‘qitish kurslari ochilishi rejalashtirilgan. ✅Quvasoy shahrida tashkil etilgan “Ona uyi” Huvaydo mahallasining Shifokorlar ko‘chasi, 9-uyda joylashgan. Markaz faoliyatini rivojlantirishda mahalliy tadbirkorlar ham bevosita ishtirok etmoqda. Hozirda 3 nafar ona “Ona uyi” xizmatlaridan foydalanmoqda. ✅Bu tashabbus nafaqat ayollarning, balki kelajak avlodning barkamol bo‘lib ulg‘ayishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz