Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
852025-09-09 17:33

⚡Quvasoyda elektr ta’minoti yangilanmoqda: yog‘och tayanchlar o‘rniga zamonaviy beton ustunlar o‘rnatildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118349336630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118349337825.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118349339020.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118349340215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118349341410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2100118349342605.jpg
✅Quvasoy shahrida aholining barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanishini yaxshilash maqsadida amaliy ishlar davom etmoqda. 🟢Quvasoy shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Nayman va Sufon mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi PQ-330-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida keng ko‘lamli modernizatsiya ishlari olib borildi. ➡️Mazkur ishlar doirasida aholi yashash punktlarida xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan eski yog‘och tayanch ustunlari yangilandi. O‘rniga zamonaviy beton qoplamali tayanch ustunlari o‘rnatildi va SIP/4 2/16 turdagi havo elektr liniyasi tortildi. ➡️Natijada, elektr tarmoqlarining ishonchliligi oshib, aholining uzluksiz va sifatli elektr energiyasidan foydalanishi uchun qulay sharoit yaratildi. 🟢Quvasoy shahrida energetika infratuzilmasini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz