Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
372025-05-18 10:26

Quvasoylik ziyoratchilar Haj safariga jo‘nab ketdi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493064695.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493064695.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493065890.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493067085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493068280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493069475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493070670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2088317493071865.jpg
Ziyoratchilarga namunali xizmat ko‘rsatish, ularning haj ibodatlarini go‘zal ado etishlari uchun ayni kunlarda O‘zbekistonning ishchi guruhi tomonidan Madina va Makka shaharlarida zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan. Quvasoylik 50 nafar ziyoratchilar guruhi muborak Haj safariga jo‘nab ketdi. Shu munosabat bilan, “Islom” jom’e masjidida ziyoratchilar uchun safaroldi dasturxoni tashkil etildi. Prezidentimiz boshchiligida ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlik sababli bugungi kunda vatandoshlarimiz emin-erkin Haj amallarini ado etish baxtiga muyassar bo‘layotgani qayd etildi. Haq taolodan bu yilgi haj mavsumi muvaffaqiyatli o‘tishini so‘rab xayrli duolar qilindi. Shundan so‘ng ziyoratchilar maxsus avtobuslarda viloyat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati va “Tez yordam” xodimlari kuzatuvida Namangan aeroportiga kuzatib qo‘yildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz