Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
182025-05-10 18:29

Farg‘ona viloyati IIB tomonidan halok bo‘lgan mard xodim xotirasi ehtirom bilan yodga olindi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746883724587.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746883724687.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1746883724975.jpg
Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan jasoratli xodimlarni yodga olish, ularning oila a‘zolarini e‘zozlash va doimiy e‘tiborda tutishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab kelmoqda. Shu maqsadda, Oltiariq tumani IIB profilaktika inspektori, marhum leytenant Ortiqov Donyor Normahamadovichning Farg‘ona tumani, “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi oilasi holidan xabar olindi. Tashrif chog‘ida xodimning ota-onasiga Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yuborilgan rasmiy tabrik xati o‘qib eshittirildi, ularning xonadoniga hurmat bajo keltirildi. Ma‘lumot uchun: Ortiqov Donyor Normahamadovich 2017-yil 14-avgust kuni xizmat vazifasini bajarayotib, huquqbuzarlikni to‘xtatishga harakat qilgan paytda jasorat ko‘rsatib, og‘ir tan jarohati olib halok bo‘lgan. U fidokorona xizmat faoliyati bilan huquq-tartibot idoralari tarixida o‘z nomini abadiylikka muhrlagan. Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati tomonidan bu kabi tashriflar orqali mard o‘g‘lonlar xotirasini e‘zozlash, ularning oilalariga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, yoshlarga jasorat, vatanparvarlik va sadoqat namunasi sifatida targ‘ib qilish maqsad qilingan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz