Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
92025-05-08 18:21

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Quvasoy shahrida bayram dasturxoni yozildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054162125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054164515.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054171685.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054172880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054172880.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054174075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054174075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087319054175270.jpg
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Quvasoy shahrida bayram dasturxoni yozildi Quvasoy shahrida 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami tantanasi davomida shahardagi keksa nuroniylar, mehnat faxriylari va front ortida fidokorona mehnat qilgan fuqarolar uchun bayram dasturxoni yozildi. Tadbir davomida shahar madaniyat bo‘limi tomonidan Vatanni madh etuvchi va dilga xush yoquvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashildi. Tadbir yakunida, urush qatnashchilari, nogironlari, ularga tenglashtirilgan shaxslar va front ortida fidokorona mehnat qilgan fuqarolar, qolaversa, mamalakatimiz xalqini davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi faolligi uchun bir guruh nuroniylarga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi. 🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz