Quvasoy shahrida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini “oltin” va “kumush” medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi
Quvasoy shahrida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini “oltin” va “kumush” medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi
🥇Bugun shahar hokimligi binosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini “oltin” va “kumush” medallarga tamomlagan o‘quvchilarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, maktab direktorlari va ota-onalar ishtirok etishdi.
🎤Tadbir avvalida shahar hokimining o‘rinbosari A.Mamajonov bitiruvchilarni yetuklik shahodatnomalarini olib, yangi hayot ostonasida turganliklari bilan samimiy tabrikladi.
➡️Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan yoshlarga ko‘plab ezgu tilaklar bildirilib, oliy ta’lim dargohlarida tahsil olib, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shishlari uchun katta ishonch bildirildi.
➡️O‘z o‘rnida, mana shunday tirishqoq, zukko va intiluvchan yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ota-onalarga, ularga ta’lim bergan ustozlariga minnatdorlik bildirildi.
⏺Joriy o‘quv yilida 1 207 nafar bitiruvchi 11-sinfni tamomladi. O‘quv yili davomida fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirgan hamda yuqori natijalarga erishgan 35 nafar o‘quvchi oltin va 8 nafar o‘quvchi kumush medal bilan taqdirlandilar.
📑Qolaversa, bitiruvchilarning 56 nafari xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lgani, undan tashqari 3 nafar o‘quvchi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etilgani faxr va iftixor bilan tilga olsa arzirli natijadir.
✅Bitiruvchi yoshlar o‘zlariga bildirilgan yuksak e’tibor hamda ishonchni oqlagan holda kelgusida Vatanimiz koriga yaraydigan, komil inson bo‘lib yetishishlariga tilakdoshmiz.