Qo‘shtepa tumanidagi “Quvurboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida Davlat xususiy sherikchilik asosida mahalliy tadbirkor tomonidan 2,0 mlrd so‘m mablag‘ sarflanib yangi mahalla binosi barpo etildi. Ushbu yangi qurilgan mahalla binosida aholi uchun qulay sharoitlarga ega yangi kutubxona o‘z faoliyatini boshladi.
Kutubxonada milliy va jahon adabiyoti durdonalaridan tashqari ilmiy, tarixiy, siyosiy hamda badiiy adabiyotlardan iborat 5 mingdan ortiq kitoblar mavjud.
Kutubxonaga birinchilardan bo‘lib Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sh.Polvonov a’zo bo‘ldi va birinchi kitobini o‘qish uchun oldi.