Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
202025-05-08 17:40

BAYRAM TUHFASI: Qo‘shtepa tumanida “Quvirboshi” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121291550.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121293940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121302305.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121303500.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121307085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121308280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121310670.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2087316121313060.jpg
Xotira va qadrlash kuni arafasida foydalanishga topshirilgan “Quvirboshi” mahalla fuqarolar yig‘inining yangi zamonaviy binosining ochilish tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosarlari Sherzod Polvonov, Mahallalar uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Adham Ziyavitdinov hamda tuman hokimi Anvarjon Abdullayev boshchiligida tuman rahbarlari, mahalla bo‘limi mutasaddilari, mahalla nuroniylari va yoshlar, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Aytish lozimki, mahalliy tadbirkor Abdullo Jalolov ko‘magida davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosi uzoq yillar davomida sobiq kolxoz idorasida faoliyat olib borgan. Bino ma’nan eski, avariya holatida va mahalla yettiligi xodimlari uchun xonalar mavjud bo‘lmagan. Tadbirkor tomonidan qurilish ishlari 2024 yilning iyun oyida boshlanib, 11 oy davomida foydalanishga tayyorlandi. Binoga loyiha-smeta hujjatlari asosida 2,0 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Binoga tutash hudud obodonlashtirildi. Binoda mahalla yettiligi uchun har biriga alohida xizmat xonalari ajratildi, xonalar mebel va kompyuter jihozlari bilan ta’minlandi. Tuman prokurorining tashabbusi bilan mahalla binosida kutubxona tashkil etildi. Kutubxona 5000 dan ortiq turli mazmundagi adabiyotlar, jumladan jahon adabiyoti, o‘zbek adabiyoti va siyosiy-huquqiy mazmundagi adabiyotlar bilan to‘ldirildi. Tadbir davomida ramziy tasma qirqilib, mahallaning yangi binosida xodimlar va mahalla aholisi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi, duolar qilindi. Yangi binolar muborak bo‘lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz