Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘chqorchi mahallasida bayram dasturxoni yozildi
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Qo‘chqorchi mahallasida bayram dasturxoni yozildi
Qo‘chqorchi mahallasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami tantanasi davomida shahardagi keksa nuroniylar va mehnat faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Vatanni madh etuvchi, dilga xush yoquvchi qo‘shiqlar ijro etildi.
Yakunda, mamalakatimiz xalqini davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lidagi faolligi uchun bir guruh nuroniylar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati