Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
342025-05-07 19:22

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Quvasoy shahar Qo‘chqorchi mahallasidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154181575.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154183965.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154185160.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154186355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154186355.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154188745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154189940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087220154191135.jpg
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Quvasoy shahar Qo‘chqorchi mahallasidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi Yurtimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami tantanalari “Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Qo‘chqorchi mahallasida o‘tkazilgan bugungi bayram tantanasida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, o‘tganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Tadbirda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahar prokurori Sanjarxon Djaxanov, shahar mudofaa bo‘limi, huquq-tartibot organlar xodimlari, shahardagi bo‘lim va tashkilotlar rahbarlari, nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi. Qo‘chqorchi mahallasida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi, O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi Bahromjon Xidirov tomonidan yozilgan “Motamsaro ona nidosi” she’ri tadbir ishtirokchilariga o‘qib eshittildi. Ayni kunlarda shahrimizda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida joylarda keng ko‘lamli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. 🇺🇿Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz