Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
312025-05-07 19:18

Jinoyatchilikni oldini olish – kechiktirib bo‘lmas vazifa

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863740410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863741605.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863742800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863743995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863743995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863745190.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863746385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2087219863747580.jpg
Jinoyatchilikni oldini olish – kechiktirib bo‘lmas vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Farg‘ona viloyati prokurori Baxtiyor Ismoilov, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Ikramov, Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, shahardagi tegishli korxona va tashkilot rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi jalb etilgan tadbirda sodir etilgan jinoyatlar va unga yaratib berilgan sharoitlar muhokama qilinib, ularning kelib chiqish sabablariga e’tibor qaratildi. Hududlardagi huquqbuzarlik va jinoyatlar soni oshib ketishiga sabab bo‘layotgan omillar aytib o‘tildi va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi. Yakunda mahalla faollari ishtirokida kun tartibidagi masalalar yuzasidan birgalikda va hamkorlikda olib boriladigan ishlar kelishib olindi. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz