Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
212025-04-24 21:28

Quvasoyda yangi loyihalar asosida zamonaviy turar-joy majmualari barpo etiladi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977380785.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977384370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977385565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977387955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977390345.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977392735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977395125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085886977398710.jpg
Quvasoyda yangi loyihalar asosida zamonaviy turar-joy majmualari barpo etiladi Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari X.Dolimov va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i B.Rahimovlar Quvasoy shahriga tashrif buyurib, yangi loyihalar asosida zamonaviy turar-joy majmualari qurish ishlari bilan tanishdilar. Quvasoy shahrida 2025-yilda jami 3 ta 105 xonadonli uy-joylar qurilib foydalanishga topshirilishi belgilangan. Mazkur rejani bajarish maqsadida “Izmir group” MChJ tomonidan Quvasoy shahar Huvaydo MFY Boshko‘prik ko‘chasida o‘ziga tegishli yer maydonida 2 ta 5 qavatli turar joy binolari va 1 ta 2 qavatli bolalar bog‘chasi qurilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda aholining uy-joyga bo‘lgan talablarini qondirish, shahar markazidagi bo‘sh turgan bino inshootlaridan samarali foydalanish maqsadida xususiy tadbirkorlarning o‘ziga tegishli bo‘lgan yer maydonida ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining qurilishi bo‘yicha loyiha ishlari yakunlanmoqda. Mutasaddilar avariya holatidagi samarasiz bino inshooti va bo‘sh yer maydonidan unumli foydalanish maqsadida “Izmir group” MChJ tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdilar. Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz