📚Quvasoy shahrida “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
📚Quvasoy shahrida “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
🗣Joriy yilning 21–27-aprel kunlari “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Quvasoy shahrida kitob ko‘rgazmalari va kitobxonlik tanlovlar o‘tkazib kelinmoqda.
🔊Xususan, shahardagi korxona va tashkilot xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, hamda o‘quvchi yoshlarmazkur tadbirda faol ishtirok etmoqdalar.
✅Tadbir va undagi ko‘rgazmalar barcha yoshdagi kitobxonlar uchun ochiq bo‘lib, unda bolalar, yoshlar va kattalar uchun mo‘ljallangan badiiy, ilmiy-ommabop, tarixiy, ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilmoqda. Kitobxonlar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblarni tanlab ko‘rib chiqish, ularni o‘qish va baham ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
🔵Ushbu tadbirlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yosh avlodni ma’naviy yetuk va bilimli insonlar etib tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati