Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
232025-04-24 21:32

“O‘zgacha dunyo” shirinliklari (+video)

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085887290462420.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085887290462420.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085887290464810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085887290468395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085887290468395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085887290469590.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2085887290469590.jpg
#OAV #Biz_haqimizda “O‘zgacha dunyo” shirinliklari (+video) Quvasoy shahridagi “Do‘stlik” MFY ning bo‘sh turgan binosida ish boshlagan tadbirkor Umida Qurbonova faoliyatiga endi bir yarim yil bo‘ldi. Ammo o‘tgan qisqa davrda u beshta doimiy ish o‘rni yaratib, 50 dan ortiq shirinliklar hamda yarim tayyor mahsulotlar savdosini yo‘lga qo‘ydi. Shu tariqa bu yerda tayyorlanayotgan kundalik oziq-ovqat mahsulotlari viloyat bo‘ylab, hatto poytaxtgacha yetkazib berilmoqda. Shuningdek, tadbirkor shahardagi 5 ta mahallada filiallar tashkil etib, ishsiz ayollarning qisqa muddatli o‘quv kursida o‘qishi va o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘yishiga ham ko‘maklashmoqda. Shu kunga qadar bunday kurslarda qariyb 50 nafar xotin-qiz o‘qib, shirinliklar tayyorlash va pazandachilik bo‘yicha ish boshladi. — Shirinliklarimizga “O‘zgacha dunyo” deb nom berganimiz bejiz emas, - deydi yakka tartibdagi tadbirkor Umida Qurbonova. — Maqsad oilalarga quvonch ulashish, xalqimizning unutilmas kunlarida hamnafas bo‘lishdir. Hozirda mahallada 3 qavatli bino qurilishini yakuniga yetkazyapmiz. Binoning yerto‘la qismida shirinlik va pishiriqlar sexi, yuqori qavatlarda savdo do‘koni, umumiy ovqatlanish shoxobchalarini joylashtirish rejalashtirilgan. ®️O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Xalq so‘zi nashriyoti va Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati hamkorligida tayyorlangan reportaj (https://uza.uz/uz/posts/ozgacha-dunyo-shirinliklari-video_713114)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz