Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
552025-03-28 17:34

Quvasoy shahar Pastki Valik mahallasida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480658295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480663075.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480665465.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480669050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480672635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480676220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480679805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082480681000.jpg
📢Bahor nafasi ufurib turgan bir paytda, Quvasoy shahridagi Pastki Valik mahalla fuqarolar yig‘inida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda nishonlandi. ⏺️Ushbu bayram el-yurtni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va birdamlikni tarannum etuvchi haqiqiy tantanaga aylandi. 🔵Bayram tadbirlari davomida Respublika ishchi guruhi, shahar hokimligi, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar ishtirokida milliy o‘yinlarimizdan arqon tortish, besh tosh, chillak, sport o‘yinlaridan shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Yoshlarning shijoati, oqsoqollarning duolari, ishtirokchilarning shodligi ushbu musobaqalarga yanada fayz bag‘ishladi. 📚Shuningdek, kitobxonlik tanlovi hamda rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, hududdagi iqtidorli yoshlar tomonidan chizilgan rasmlar tadbirga tashrif buyurgan ishtirokchilarga namoyish etildi. Har bir tasvirda yoshlarning orzu-umidlari, Vatanimizga bo‘lgan mehri mujassam edi. 🎤Shahar madaniyat bo‘limi va yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. ✅Bu kabi tadbirlar mahalla aholisi o‘rtasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga, yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib, hamjihatlik va milliy an’analarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📌Joylarda tadbirlar davom etmoqda…

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz