Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
712025-03-28 17:37

Quvasoy shahrida milliy bayram sayllari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda...

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679903035.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679906620.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679909010.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679912595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679914985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679918570.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679923350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083082679926935.jpg
📢Bugun Quvasoy shahar Namuna mahallasida ma’naviy-ma’rifiy bayram sayllari katta tantana bilan o‘tkazildi. ⏺Shahar hokimligi, mahalliy faollar, jamoatchilik vakillari va maktab o‘quvchilari ishtirok etgan tadbirda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalari ulug‘landi. 🔵Bayram doirasida milliy urf-odatlarimiz va an’analarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi. Nuroniylar va o‘quvchilar tomonidan maktab hududiga mevali ko‘chatlar o‘tqazilib “Do‘stlik bog‘i” deya nom berild. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida osh pishirish va sport musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 📚Yoshlar va jamoatchilik vakillari uchun tashkil etilgan kitobxonlik burchagida esa, eng sara badiiy adabiyotlar kitobxonlar e'tiboriga havola etildi. 🎤Shahar madaniyat bo‘limi hamda yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Quvonchli va ahil-inoq muhitda o‘tgan bayram tadbirlari xalqimiz o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. ✅Bayram sayllari mahallalarda davom ettirilib, xalqimiz uchun foydali va iliq tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz