Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
392025-03-29 23:04

Quvasoy shahar Qalacha mahallasida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402042080.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402045665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402049250.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402054030.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402058810.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402062395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402065980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209402070760.jpg
📢Bahor nafasi ufurib turgan bir paytda, Quvasoy shahridagi Qalacha mahalla fuqarolar yig‘inida “Do‘stlik va hamjihatlikni ulug‘lagan yurt” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy bayram tantanalari ko‘tarinki ruhda nishonlandi. ⏺️Ushbu bayram el-yurtni birlashtiruvchi, mehr-oqibat va birdamlikni tarannum etuvchi haqiqiy tantanaga aylandi. 🔵Bayram tadbirida Respublika ishchi guruhi, viloyat va shahar hokimligi, mahalla faollari, nuroniylar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar 🌷Navro‘z shukuhi davom etayotgan mazkur tadbirda milliy udumlarimizga ko‘ra chalpak, halim va sumalak tayyorlandi. Doshqozonda osh damlanib, bemor va ehtiyojmand oilalarning iftorlik dasturxoniga tortiq qilindi. 🔴Yoshlarimiz tomonidan milliy o‘yinlarimizdan arqon tortish, varrak uchirish, sport o‘yinlaridan shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Yoshlarning shijoati, oqsoqollarning duolari, ishtirokchilarning shodligi ushbu musobaqalarga yanada fayz bag‘ishladi. 📚Shuningdek, kitobxonlik tanlovi, milliy hunarmandlik hamda rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etilib, tadbirga tashrif buyurgan ishtirokchilarga namoyish etildi. Har bir tasvirda yoshlarning orzu-umidlari, Vatanimizga bo‘lgan mehri mujassam edi. 🌴Keksa nuroniylar va yoshlar tomonidan “Do‘stlik bog‘i” shiori ostida ko‘chat ekish tadbirlari ham tashkil etildi. 🎤Shahar madaniyat bo‘limi va yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. ✅Bu kabi tadbirlar mahalla aholisi o‘rtasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib qilishga, yosh avlodni ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib, hamjihatlik va milliy an’analarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 📌Bu kabi tadbirlar joylarda davom etmoqda…

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz