Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
612025-03-29 23:03

Do‘stlik va hamjihatlik bayrami: Quvasoy shahrida milliy bayram sayllari ko‘tarinki ruhda keng nishonlandi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346350300.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346356275.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346358665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346361055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346364640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346368225.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346370615.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2083209346376590.jpg
🔴Ko‘p millatli yurtimizda o‘zaro totuvlik va birdamlik tamoyillari ustuvor bo‘lib, har bir bayram katta shodu-xurramlik bilan o‘tadi. ✅Xususan, Arsif mahallasida “Qudratimiz birlik va hamjihatlikda” shiori ostida o‘tkazilgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalari ulug‘landi. 💬Unda shahar hokimligi, mahalliy faollar va jamoatchilik vakillari, shuningdek mahalla ahli ishtirok etishdi. 🌺Navro‘z shukuhi davom etayotgan ushbu kunlarda tashkil etilgan mazkur tadbirda milliy udumlarimizga ko‘ra chalpak va sumalak tayyorlandi. Bemor va ehtiyojmand oilalarning iftorlik dasturxoniga tortiq qilish uchun osh damlandi. Yosh kelin-qizlar tomonidan pishirilgan milliy taomlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 🎶Karnay-surnay sadolari, sport va milliy o‘yinlar, kitobxonlik tadbirlari, shuningdek, milliy-hunarmandchilik mahsulotlari va yosh rassomlarning ko‘rgazmasi yig‘ilganlarda katta taassurot uyg‘otdi. Muxtasar qilib aytganda, tadbir chinakam xalq sayliga aylanib ketdi. 🪕Shahar Madaniyat bo‘limi folklor jamoasi va havaskor yoshlar tomonidan vatan, tinchlik va xalqlar do‘stligini tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq, raqslardan tayyorlangan musiqiy dastur barchaning qalbiga bahoriy va bayram kayfiyatini ulashdi. 🌴Tadbir davomida keksa nuroniylar va yoshlar tomonidan “Do‘stlik bog‘i” ga daraxt ko‘chatlari ekildi. 🤔Shuningdek, yoshi ulug‘ va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xolidan xabar olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz