Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
812025-03-27 21:55

Quvasoy shahar “Soy bo‘yi” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironligi bo‘lgan Alisher G‘aniyev yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930248500.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930250890.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930252085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930254475.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930256865.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930259255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930262840.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2082997930266425.jpg
✅So‘nggi yillarda yurtimizda imkoniyati cheklangan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosati yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 📶Buning yaqqol misoli tariqasida, Quvasoy shahar “Soy bo‘yi” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironligi bo‘lgan Alisher G‘aniyevning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishida Quvasoy shahar hokimligi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yaqindan ko‘mak berdi. 💸Jumladan, Alisher G‘aniyevga 80 000 000 so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilgan bo‘lsa, o‘z hisobidan 20 000 000 so‘m miqdorda mablag‘ sarflab, faoliyati to‘xtatilgan “Anor” savdo do‘konida oziq-ovqat mahsulotlarini sotish bo‘yicha o‘z faoliyatini qayta tikladi. ✅Mazkur do‘konning ochilish marosimida shahar faollari, faxriy nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, savdo do‘konining fuqarolar uchun manfaatli va samarali bo‘lishi uchun duolar qilindi. ✅Savdo do‘konining ochilishi hamda muborak Ramazon oyi munosabati bilan hududdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 6 nafar shaxslarga va kam ta’minlagan 10 ta oilalarga Alisher G‘aniyev tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz