Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
4412025-03-27 13:07

Hududlarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743062811992.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743062816882.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743062819914.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743062822912.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743062827836.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743062830728.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150000/news/news_1743062834144.jpg
Viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan Marg‘ilon shahri, Quva, Toshloq va Farg‘ona tumanlarida kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullaev hamda tegishli tizim mas‘ullari ishtirok etgan tadbirlarda hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 200 nafardan ziyod tadbirkorlar o‘zlarini o‘ylantirib kelayotgan muammolar, yangi loyihalar bo‘yicha taklif va tashabbuslarni o‘rtaga tashladilar. Bank krediti olish, soliq imtiyozlaridan foydalanish, tadbirkorlikni boshlash va kengaytirish, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik uchun joy, import va eksportni amalga oshirish kabi masalalarda kelib tushgan qator murojaatlar ko‘rib chiqilib, hal etish choralari belgilandi. Uchrashuvlarda ko‘rilgan masalalarning ayrimlariga joyning o‘zida echim belgilandi. Ijrosi muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan turli masalalardagi murojaatlar mas‘ullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Hududlarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan muloqotlar davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz