Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1072025-03-26 16:08

KO‘ZI OJIZLAR MAKTABIDA 20 YIL UZLIKSIZ IShLASA 50 YoShDA PENSIYaGA ChIQSA BO‘LADIMI?

https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1742987237994.jpg
Pensiyaga chiqishda ish stajidan tashqari yoshga oid meyor ham belgilanadi. Umumiy qoida bo‘yicha yoshga doir pensiya olish huquqiga: erkaklar — 60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda; ayollar — 55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar. Bu Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risidagi qonuni 7-moddasida mustahkamlangan. Shu bilan birga pensiyaga chiqish yoshini kamaytirish bo‘yicha bir qator imtiyoz bor. Xususan, qonun 10-moddasida yoshidan qat‘i nazar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega kasblar toifasi belgilangan. Biroq ular qatorida umumta‘lim maktablari xodimlarii keltirilmagan. Ushbu qonun 9-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son “Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida tasdiqlangan 1 2 3 ro‘yxatlarda imtiyozli pensiyaga chiqish mumkin bo‘lgan kasblar ro‘yxati bor. Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, vazifalar va ko‘rsatkichlarning 3-sonli ro‘yxati VII qismida Nogiron bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari, harbiy akademik liseylar va tarbiyaviy koloniyalar o‘qituvchilari keltirilgan. Unda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar), sanatoriyf tipidagi ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari (maktab-internatlar), imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari, «Mehribonlik» uylari, harbiy akademik liseylar va tarbiyaviy koloniyalar o‘qituvchilari uchun pensiyaga chiqishda yuqoridagi imtiyoz nazarda tutilgan. Giyasov Kaxramon Turgunovich - Margilon shahar Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz