Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1412025-03-26 15:52

Nikohni qayd etish uchun ariza berish tartibi .

https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1742986274764.jpg
Har bir inson o‘z juftini uchratganidan so‘ng, amaldagi qonunchilik va urf odatlarga ko‘ra nikohdan o‘tadi. Bugungi amaldagi qonunlar mavzusini nikohni qayd etish uchun ariza berish tartibidan boshlaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14 va 15-moddalariga muvofiq, nikohlanuvchilarning o‘zaro roziliklari va ularning nikoh yoshiga (nikoh yoshi kuyov va kelin uchun 18 yosh) etganliklari nikoh tuzishning asosiy shartlari hisoblanadi. Uzrli sabablar mavjud bo‘lganda, alohida holatlarda (homiladorlik, bola tug‘ilishi, voyaga etmaganning to‘la muomalaga layoqatli deb e‘lon qilinishi — emansipasiya), nikoh tuzishni xohlovchi shaxslarning iltimosiga ko‘ra, nikoh tuzilganligini qayd etish joyidagi tuman, shahar hokimi tomonidan nikohga kirish yoshi bir yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga kamaytirilishi mumkin. Nikohni qayd etish uchun ariza berishning ikki xil usuli mavjud: Nikohlanuvchilar o‘zlari istagan FHDYo bo‘limiga birgalikda borib, nikohni qayd etish uchun ariza topshiradilar. Ushbu ariza qabul qilinganidan keyin FHDYo organi nikohlanuvchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari uchun yo‘llanma beradi. My.gov.uz sayti orqali o‘z kabinetlariga kirib, nikohni qayd etish arizasini shakllantiradi. Bu nikohlanuvchilar bir vaqtda bir joyda bo‘lish imkoniga ega bo‘lmaganda juda qulay. Ariza tegishli FHDYo organi tomonidan tasdiqlangach, tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari uchun QR kodli yo‘llanmani kelinning shaxsiy kabinetidan yuklab olishi mumkin bo‘ladi. Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to‘g‘rida belgilangan namunadagi yozma yoki elektron ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o‘tgach FHDYo organi tomonidan qayd etiladi. Bunda ham istagan FHDYo organiga murojaat qila olasiz, garchi arizangiz berilgan FHDYo bo‘limi boshqa bo‘lsa ham. Yuqorida keltirilgan qoidalar Vazirlar Mahkamasining 20.10.2023-yilgi 550-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari to‘g‘risida”gi nizomda qay etilgan. Ibrohimov Fayzullo Qurbonali o‘g‘li - So‘x tumani adliya bo‘limi FHDYo bo‘limi 1-toifali inspektori

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz