Quvasoy shahrida “Dolzarb bir oylik” safarbarligi tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona Qo‘mitasi raisi maslahatchisi M.Soliyev rahbarligidagi ishchi guruh vakillarining Quvasoy shahridagi o‘rganishlari davomida muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan farmoyishga asosan mahallani sug‘orish tizimi bilan ta’minlash borasida ishlarni amalga oshirdilar.
Xususan, Nayman MFY da rejalashtirilgan umumiy uzunligi 1.3 km bo'lgan beton ariq qurilish ishlari o'rganildi.
Ob-havoning noqulayligiga qaramay betonlash ishlarini ham jadallashtirish va eng asosiysi sifatli etib aholimizga topshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.