Hududlar tozaligi va obodligiga e‘tibor qaratish kunning asosiy masalasidir
Hududlarda tozalik va obodongarchilik ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev tashabbusi ostida amaliy ishlar qilinmoqda. Xabaringiz bor, tumandagi “So‘x savdo kompleksi” hududiga olib boruvchi yo‘llarni kengaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari bilan uchrashgan tuman hokimi mazkur hududni yanada ko‘rkam va obod etish uchun katta e‘tibor berib ishlash lozimligini ta‘kidladi. Yo‘l chetlariga “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasida manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekish, fuqarolar va avtotransport vositalari harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun shaharsozlik nomalariga alohida e‘tibor qaratishni tavsiya qildi.
Mazkur hududda yangi “So‘x savdo kompleksi” va aholi yashaydigan uy-joylar mavjudligi uning obodonchiligiga ham haqiqatan, alohida e‘tibor berishni taqozo etadi. Chunki bu hudud yaqin kelajakda So‘xning turizm maskaniga aylanadi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati