Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2812025-03-14 22:01

Farg‘ona viloyati rahbarlari tomonidan Quvasoy shahrida sayyor qabul tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187149960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187154740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187158325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187161910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187163105.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187165495.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187166690.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2081656187166690.jpg
Farg‘ona viloyati rahbarlari tomonidan tasdiqlangan jadvallar doirasida Quvasoy shahrida viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Soliq boshqarmasi rahbar o‘rinbosarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Qabulda 119 nafar fuqarolar ishtirok etib, ulardan 58 nafari viloyat hokimining o‘rinbosari tomonidan, 22 nafari prokuratura, 19 nafarlari Ichki ishlar va sud idoralari tomonidan, 20 nafari Soliq boshqarmasi rahbar o‘rinbosarlari tomonidan qabul qilindilar. Fuqarolar tomonidan bir martalik moddiy yordam, davolanishga moddiy yordam ko‘rsatish, imtiyozli ravishda uy-joy ajratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, MFY faoliyatidan norozilik masalarida murojaatlar kelib tushdi. Qabul o‘tkazishda ishtirok etgan barcha idoralar rahbarlari asosan o‘z sohalari bo‘yicha masala bilan kelgan fuqorolarni qabul qildilar. 20 dan ziyod fuqarolarga joyning o‘zida masalasi bo‘yicha qonuniy tushuntirishlar berilib, muammolari joyida yechildi. Qolgan masalalar Prezident portali elektron dasturiga kiritilib ijrosi nazoratga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz