Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
142025-09-18 19:32

Quvasoy shahrida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116209465.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116211855.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116213050.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116215440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116216635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116217830.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116219025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2101056116219025.jpg
Bugun Quvasoy shahar madaniyat markazida “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i Farhodbek Ashmatov, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, prokuror Sherali Toshboltayev hamda shahardagi mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari sayyor qabul shaklida jismoniy shaxslarning murojaatlarini tingladilar. Tadbir ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etildi. Jarayonda aholi muammolari o‘rganilib, tegishli choralar belgilandi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va imtiyozlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, bepul tibbiy ko‘rik va mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Shuningdek, sayyor davlat xizmatlari ham yo'lga qo'yildi. Tadbir shahar hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, mahallalar uyushmasi hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz