Quvasoyda iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy rivojlanish masalalari muhokama qilindi
Quvasoy shahrida korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda shahar miqyosida mahalliy soliq tushumlarini ko‘paytirish, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash hamda barcha yo'nalishlardagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida investitsiya va eksport hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga qulay sharoitlar yaratish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, shahar hududida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar samaradorligini oshirish, byudjet tushumlarini orttirish va ijtimoiy sohalarda aholi farovonligini yanada yuksaltirish masalalari ham muhokama qilindi.