Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
392025-05-15 15:27

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278220545.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278256395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278298220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278329290.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278355580.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278381870.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278433255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2088029278460740.jpg
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari O‘zbekiston tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tuman Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiyada dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xamda investisiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440 sonli qarorining O‘zbekiston tumanidagi ijrosi yuzasidan tuman hokimi Ravshanbek Begmatovning axboroti tinglandi. Shuningdek, sessiya ishida tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha bo‘yicha joriy yilning I-choragi davomida tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida tuman prokurori Obidjon Sobirov, tumanda jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2025 yilning o‘tgan 3 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman IIB boshlig‘i Sodirjon Abdullayev hisobot berdi. Sessiyada kun tartibida tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlari inrfatuzilmasini yaxshilash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatish; tuman mahalliy byudjetining 2025-yil I-chorak daromadlar ijrosi hamda 2025-yilning I-choragida shakllangan qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Sessiya kun tartibidagi har bir masala yuzasidan tarmoq mas’ullarining axborot va ma’ruzalari tinglandi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida yakunda xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz