Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
162025-05-15 08:22

Jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan profilaktik va targ'ibot tadbirlari

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998820082055.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998820084445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998820085640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998820086835.jpg
Respublikamizda jinoyatchilikni oldini olish, uni jilovlash va unga yo'l qo'ymaslik bo'yicha mutasaddi idoralar vakillari tomonidan keng ko'lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bunday profilaktik tadbirlar So'x tumanida ham tizimli ravishda tashkil etilgan. Ayniqsa, yoshlar va probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan uchrashuv va suhbatlar tashkil etish profilaktik tadbirlar asosini tashkil etadi. Ushbu yo'nalishda hamkor tashkilotlarning targ'ibot ishlari asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. So'x tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bilan tuman IIB boshlig'i hamda tuman prokuraturasi xodimi bilan birgalikda huquqbuzarlik, qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida profilaktik suhbat olib borildi. Suhbat jarayonida barcha ishtirokchilarga Respublikamizda jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirilib, ushbu yo'nalishda soha xodimlari qonun ustuvorligini ta'minlashga har doim tayyor ekanliklari ta'kidlab o'tildi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz